Smartfondan noutbukkacha: iPhone Duo’ning yangi imkoniyati 

Smartfondan noutbukkacha: iPhone Duo’ning yangi imkoniyati 
  • 7
  • 05.11.2026 12:27:00
  • 1 мин оқу

Apple’ning buklanuvchi iPhone Duo smartfonini kichik noutbuk sifatida ishlatish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Digital Trends nashrining xabar berishicha, Headroom nomli ilova yordamida iPhone Duo orqali Mac kompyuterini masofadan boshqarish mumkin.
Telefon yarim buklanganida uning yuqori ekranida Mac ish stoli, pastki qismida esa virtual klaviatura paydo bo‘ladi. Qurilma to‘liq ochilganda kompyuter tasviri butun ichki ekranni egallaydi.
Biroq iPhone Duo macOS tizimida mustaqil ishlamaydi. Barcha hisoblash jarayonlari Mac kompyuterida bajariladi, smartfon esa ekran va boshqaruv vositasi vazifasini bajaradi.
Bu texnologiya foydalanuvchilarga katta noutbukni olib yurmasdan, ixcham smartfon orqali Mac’dagi ishlarini boshqarish imkonini beradi.
Siz bunday mitti noutbukdan foydalanarmidingiz?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News