
- 7
- 10.10.2026 18:27:00
- 1 мин оқу
Masalliqlar:
6 dona lavash xamiri
300gr mol go‘shti qiymasi
1dona piyoz
2 dona pomidor
1 dona bulg‘or qalampiri
1 osh qoshiq tomat
biroz tuz, ketchup, mayonez, pishloq va ziravorlar
Tayyorlanishi:
Birinchi qiymani qizigan yog‘da qovurib, ustidan to‘g‘ralgan piyoz solamiz. Piyoz ham yaxshi qovurilgandan so‘ng, to‘g‘ralgan pomidor, bulg‘or qalampiri, bir piyola suv va tomat solib, yana piroz pishiramiz. Alohida idishda ketchup va mayonezni aralashtirib, lavash xamiri ustiga surtamiz. Mayonez va ketchup surtilgan joyga, qiymali nachinka va pishloq qo‘yib, xamirni lavash shaklida o‘raymiz. Lavashlarni patnisga terib, ustini yog‘laymiz va sedona sepamiz. Oxirid, lavashlarni 10 daqiqaga pechga yuboramiz. Mazali qiymali lavashlarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha❤🍷