
- 16
- 17.11.2026 11:48:00
- 2 мин оқу
Kerakli masalliqlar:
Xamiri uchun:
200 gr un
1 osh qoshiq kakao
65 gr shakar upasi
Bir chimdim tuz
120 gr sariyog‘
1 dona tuxum sarig‘i
1–2 choy qoshiq sovuq suv
Ustiga surtish uchun tuxum oqi
Bezatish uchun:
biroz bodom,shakar upasi va eritilgan shokoladli glazur
👩🍳 Tayyorlanishi:
Tuxumni sarig‘i va oqiga ajrating. Tuxum oqini alohida olib qo‘ying. Un, shakar upasi, tuz va kakaoni aralashtiring. Kubik shaklida to‘g‘ralgan sariyog‘ni qo‘shib, uvalangan massa hosil bo‘lguncha aralashtiring. Tuxum sarig‘i va 1 choy qoshiq sovuq suv qo‘shib, tezda bir xil xamir qor¬ing. Agar xamir quruq bo‘lsa, yana 1 choy qoshiq suv qo‘shing. Xamirni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rab, 30–60 daqiqa muzlatkichga qo‘ying. So‘ng biroz un sepilgan yuzada yoying. Taxminan 8 sm diametrli doiralar kesib oling va pishirish patnisiga tering. Xamirning qolgan qismidan kiyikchaning quloqlarini tayyorlang.
Pechenye chetlariga tuxum oqi surting, quloqlarini yopishtirib, biroz bosib qo‘ying. Bodomning bir tomoniga tuxum oqi surtib, quloq o‘rniga joylashtiring.
Oldindan 180 darajagacha qizdirilgan pechda 8–9 daqiqa davomida pishiring. To‘liq sovigach, maxsus qolip yordamida ustiga shakar upasi seping. Tishkovlagich yordamida og‘iz va ko‘zlarini belgilab oling. Eritilgan shokoladni qandolat paketiga solib, chiziqlarni chizing. Oxirida shakar upasidan tayyorlangan glazur bilan peshonasiga kichik nuqtalar qo‘ying. 🤎🦌
Ushbu masalliqlardan jami 7 dona pechenye tayyorlash mumkin.
Yoqimli ishtaha!