
- 18
- 19.11.2026 12:46:00
- 1 мин оқу
Kerakli masalliqlar:
4 dona kartoshka
2 dona tuxum
1 stakan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq
biroz tuz, murch va kashnich
Qiymali nachinkasi uchun:
300 gramm mol go‘shti qiymasi
1 dona piyoz
1 bo‘lak sarimsoq
1 osh qoshiq qalampir pastasi
2 dona pomidor
biroz tuz, murch, qizil qalampir va paprika
yarim stakan suv
Tayyorlanishi:
Kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib, qo‘l bilan suvini yaxshilab siqib tashlang. Unga tuxum, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, tuz va murch qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Pergament qog‘oz yozilgan duxovka patnisiga kartoshkali aralashmani bir tekis yoying. Oldindan 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada usti va ostini birgalikda pishiring.
Qiymali nachinka tayyorlash uchun tovaga ozroq yog‘ solib, piyoz, qiyma va maydalangan sarimsoqni qovuring. So‘ng pomidor va qalampir pastasini qo‘shib aralashtiring. Tuz va ziravorlar hamda yarim stakan suv solib, masalliqlarni pishiring.
Tayyor kartoshkali asos ustiga qiymali aralashmani bir tekis yoying. Pergament qog‘oz yordamida rulet shaklida o‘rang va pichoq bilan bo‘laklarga bo‘ling.
Ustidan sarimsoqli qatiq quyib, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!