Zoir Mirzayev saraton ko‘payishining sababini aytdi

Zoir Mirzayev saraton ko‘payishining sababini aytdi
  • 4
  • 24.11.2025 18:43:00
  • 1 min read

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev mahalliy rahbarlar bilan uchrashuvda ayollar orasida saraton kasalligi ko‘paygani haqida gapirdi. U o‘z so‘zida Koreyadan kelgan shifokor ayollar salomatligiga ta’sir qiluvchi bir nechta omillarni tahlil qilganini aytdi. Mutaxassis qayd etgan omillar ichida kamharakat turmush tarzi birinchi o‘rinda turgani, shuningdek, tandirda non yopmaslik jismoniy faollikning kamayishiga sabab bo‘layotgani tilga olingan.
“Tandirda non yopgan ayolda rak kasali boʻlmaydi, deydi. Sababi, organizm borganda qizigandan keyin, qon organizmda ikki baravar tez aylanar ekan-da. Shu tezlikda haligi qon tomirlarini tozalab tashlaydi. Bu faktorlardan bittasi-da, shuni yoʻqotdik-da bizlar”, deydi hokim.
Yig‘ilishda ayollar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish va profilaktik ko‘riklarni kuchaytirish zarurligi ham muhokama qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News