
- 1
- 24.10.2026 15:07:00
- 1 min read
Joriy yilning 24-oktabr kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tog‘ jinslari ko‘chib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa soat 03:30 atrofida 75V040 avtomobil yo‘lining 21–22-kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, yo‘l ishchilari va maxsus texnikalar jalb etilib, tezkor choralar ko‘rilgan. Natijada soat 07:30 ga qadar yo‘l tog‘ jinslaridan to‘liq tozalanib, transport harakati tiklangan. Hodisa oqibatida esa jabrlanganlar qayd etilmagan.
Mas’ullar haydovchilarni tog‘li hududlarda harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.