
- 0
- 24.10.2026 17:25:00
- 1 min read
Avvalroq, Toshkent shahridagi Botkin qabristonida qurilish ishlari vaqtida devor qulab tushishi oqibatida bir nechta qabr toshlariga shikast yetgani haqida xabar berilgandi.
Toshkent shahar Qurilish inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Yashnobod tumanidagi Sultonali Mashhadiy mahallasida qo‘shimcha bino qurish uchun olib borilgan yer ishlari vaqtida sodir bo‘lgan. Qurilish ishlari tegishli ruxsatnomalarsiz boshlangan.
Holat yuzasidan qurilish ishlari to‘xtatilib, quruvchi tashkilotga nisbatan BHMning 200 baravari — 88 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.