Nogironlarni haqoratlagan “zamhokim”

Nogironlarni haqoratlagan “zamhokim”
  • 5
  • 01.12.2025 10:03:00
  • 1 min read

Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Qanat Yesbolatovning yig‘ilishda “Keling, nogironlarni hurmat qilaylik, shundoq ham ularni Xudo jazolagan” degan so‘zi ijtimoiy tarmoqlarda keng tanqid va norozilikka sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar bu so‘zni haqoratli deb baholadi. Ba’zi odamlar mansabdorni himoya qilib, uni noto‘g‘ri tushunishganini ta’kidlab, u aslida nogironlar bilan mehribon va e’tiborli bo‘lishni nazarda tutganini yozishdi.
Ushbu noroziliklardan keyin Yesbolatov Instagram’da izoh qoldirib, yig‘ilishda ko‘plab odamlar bo‘lganini, har birining dolzarb savollarini berishga shoshilib, so‘zlari noto‘g‘ri tushunilganini, aslida “Xudo ularga katta sinov berdi” demoqchi bo‘lganini bildirdi va uzr so‘radi.  Qozog‘iston aholisi orasida bu voqea keng muhokama qilinmoqda va ba’zi foydalanuvchilar “zamhokim”ning javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News