O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘i kengaymoqda: yangi yo‘l va 15 yo‘nalish ishga tushadi

O‘zbekiston temir yo‘l tarmog‘i kengaymoqda: yangi yo‘l va 15 yo‘nalish ishga tushadi
  • 11
  • 14.11.2025 13:39:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda 2026–2030 yillarda temir yo‘l infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshiriladi. Prezidentga taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, sohada yo‘lovchi va yuk tashish hajmini kamida ikki baravar oshirish rejalashtirilgan.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:

🔹 151 km yangi temir yo‘l quriladi.
🔹 182 km mavjud yo‘llar elektrlashtiriladi.
🔹 27 ta stansiya va 1 000 km temir yo‘l tarmog‘i modernizatsiya qilinadi.

Elektrlashtiriladigan yo‘nalishlar: Nurofshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer, Xovos – Dashtobod, Qumqo‘rg‘on – Quduqli, Samarqand – Urgut, Baytqo‘rg‘on – Parkent.
Shuningdek, Toshkent – Samarqand, To‘qimachi – Angren va Angren – Pop yo‘nalishlarining o‘tkazuvchanligi oshiriladi.
Shahar atrofi qatnovlari: Mavjud 40 ta yo‘nalishga qo‘shimcha ravishda yana 15 ta yangi yo‘nalish ochiladi. Ularga Toshkent – Nurofshon – Ohangaron – Angren, Navoiy – Zarafshon – Uchquduq, Nukus – Shovot – Urganch – Xiva kabi yo‘nalishlar kiradi.
Tezyurar poyezdlar: Navoiy – Buxoro yo‘nalishidagi 102 km uzoqlikdagi yangi temir yo‘lni tezroq ishga tushirish topshirig‘i berildi. Bu tashish vaqti hamda xarajatlarini sezilarli kamaytirishi qayd etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News