
- 4
- 02.12.2025 09:44:00
- 1 min read
1-dekabrdan Turkmaniston Markaziy banki 200 manatlik polimer (plastik) banknotani muomalaga kiritdi. Banknotaning old tomonida Arqadag‘ yodgorligi, orqa tomonida esa Arqadag‘ shahar hokimligining ma’muriy binosi tasvirlangan. Shu bilan birga, 1, 5 va 10 manatlik modifikatsiyalangan polimer banknotalar ham chiqarildi, ularning rangi va dizayni saqlangan, lekin 2025-yilni Xalqaro tinchlik va ishonch yili deb belgilash emblemasi qo‘shilgan. Avvalgi qog‘oz pullar ham muomalada qoladi.
Polimer banknotalar suyuqlik, ifloslanish, egilish va shikastlanishga chidamli, qalbakilashtirishga yuqori darajada himoyalangan va qog‘oz banknotalarga qaraganda 2–3 marta uzoq xizmat qiladi.
Dunyoda birinchi bo‘lib polimer pullarni joriy qilgan davlat Avstraliya(1988-yil) bo‘lgan va keyinchalik qog‘oz pullardan butunlay voz kechgan.