Tramp o‘zini 25 yil avvalgidan ham yoshroq his qilayotganini aytib, yig‘ilish davomida mudrab qoldi

Tramp o‘zini 25 yil avvalgidan ham yoshroq his qilayotganini aytib, yig‘ilish davomida mudrab qoldi
  • 3
  • 03.12.2025 16:31:00
  • 1 min read

Tramp seshanba kuni bo‘lib o‘tgan uch soatlik Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida bir necha bor mudrab qoldi. Qizig‘i shundaki, yig‘ilish boshlanishida u o‘zini 25 yil avvalgidan ham yoshroq, tetikroq his qilayotganini aytgan. Videolarda 79 yoshli prezidentning ko‘zlari tez-tez yumilib ketgani, hatto to‘liq uxlab qolgani aks etgan. Bu paytda esa vazirlar navbatma-navbat so‘zga chiqib, o‘z yutuqlarini sanab, uni maqtashda davom etishgan. Ushbu lahzalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News