Tramp Shukronalik bayrami arafasida ikki kurkani afv etdi

Tramp Shukronalik bayrami arafasida ikki kurkani afv etdi
  • 1
  • 26.11.2025 08:57:00
  • 1 min read

Oq uyda har yili o‘tkaziladigan an’anaviy marosimda AQSH Prezidenti Donald Tramp Shukronalik bayrami uchun tanlangan bosh kurka “Gobbl”ni va uning zaxira jufti “Uoddl”ni rasmiy ravishda afv etdi. Marosim vaqtida Tramp: “Gobbl, sen bugundan boshlab shartsiz ravishda afv etilding”, — deya hazilomuz murojaat qildi.
Afv qilingan ikki kurka endi bayram dasturxoniga qo‘yilmaydi. Ular Shimoliy Karolina shtatidagi universitet fermasiga olib ketiladi va u yerda parvarish qilinadi. Bu tadbir AQSHda Shukronalik bayrami oldidan o‘tkaziladigan eng mashhur prezidentlik an’analaridan biridir. 
Shukronalik bayrami AQSHdagi eng muhim oilaviy bayramlardan biri bo‘lib, har yili noyabrning to‘rtinchi payshanbasida o‘tkaziladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News