
- 6
- 16.11.2025 10:04:00
- 1 min read
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan yetib keldi. Uni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari Shovot—Toshovuz chegaraoldi savdo zonasining ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.