Shoxrux reper rasmiylarni keskin tanqid qildi

Shoxrux reper rasmiylarni keskin tanqid qildi
  • 9
  • 24.11.2025 15:23:00
  • 1 min read

So‘nggi kunlarda toshkent aholisi, ekologlar va jamoat arboblari havo sifatining yomonlashyotganini faol muhokama qilmoqda. 
Xususan, Chilonzor tuman kengashi deputati va reper Shoxrux Shodmonov ham rasmiylarga murojaat yo‘llab, ulardan jasorat ko‘rsatib zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qilmoqda. U mamlakat havosining ifloslanishi “mavsumiylik” yoki “tabiiy hodisalari” tufayli emas, balki rasmiylarning befarqligi tufayli ekanligini tan olishga chaqirdi.
“Farzandlarimiz zaharli havodan nafas olmoqda. Odamlar niqob va havo tozalagichlar bilan sog‘lig‘ini himoya qilishga harakat qilmoqda, lekin hamma ham ularni sotib olishga qodir emas. Aholi qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. 
Millionlab odamlar sizlarning sustkashligingizdan aziyat chekmoqda. Sizga keng vakolatlar va amaliy imkoniyatlar berilgan bu qahramon bo‘lish uchun imkon. Agar shuncha imkoniyatdan keyin ham hech narsa qilolmasangiz sizni qanday atashni bilmayman. Shuning uchun kam gapirib haqiqiy jasorat ko‘rsating!” — dedi u. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Toshkentda havo ifloslanishi har yili taxminan 3000 ta muddatidan oldin o‘limga olib kelishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News