
- 5
- 25.11.2025 09:41:00
- 1 min read
Meteojurnalning xabar berishicha, Turkmanistonning Bolqon viloyatida Mammetko‘l va Delili suv omborlari yog‘ingarchilik pastligi hamda, Etrek daryosidan suv kelishining to‘xtashi sabab butunlay qurib qoldi.
Mammetko‘l suv ombori 1964-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning umumiy sigʻimi 20,5 million kub metr, foydali hajmi esa 17,9 million kub metrni tashkil etadi. Delili esa 1970-yilda foydalanishga topshirilgan, uning umumiy va foydali hajmi 5,32 million kub metrga teng.
Xususan, 2025-yilning faqat fevral va mart oylarida yogʻingarchilik me’yorida bo‘lgan, qolgan oylarda ularning miqdori me’yordan sezilarli darajada past bo‘lgan. Yanvar oyida atigi 1,6 mm, may oyida esa 1,4 mm yomgʻir yog‘gan. Iyun-avgust oylarida yomg‘ir yog‘madi, kuz ham quruq kelganligi aytiladi.
2025-yilning birinchi yarmida yog‘ingarchilik kamayishi tufayli Amudaryo havzasiga kirmaydigan suv havzalari va daryolarda gidrologik qurg‘oqchilik kuchaygan. Bu esa Murg‘ob va Tajan suv omborlarida suv hajmining keskin kamayishiga olib kelgan.
Suvi kam Atrek daryosi bilan to‘yinadigan sun’iy suv havzalari esa to‘liq qurib qolgan. Kuz fasliga kelib Amudaryo havzasidagi suv omborlarida ham suv ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan.