Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
  • 6
  • 18.02.2023 08:37:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Baydendan maktub keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ko‘rsatayotgan yetakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlash AQSh uchun ustuvor ahamiyatga ega», deyiladi maktubda.Shuningdek, AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib borayotgani e’tirof etilgan va erishilgan yutuqlar 2023 yilda ham yanada ilgari surilishiga umid bildirilgan.

Manba:Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News