Piyoz narxi nega qimmatlaşdi? Vazirlik izoh berdi

Piyoz narxi nega qimmatlaşdi? Vazirlik izoh berdi
  • 1
  • 06.11.2026 15:21:00
  • 1 min read

Özbekistonda piyoz yetiştiriş hajmi içki talabdan 35 foizga köp bölsa-da, ayrim hududlarda uning çakana narxi 4 500 sömgaça yetdi. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişiga mavsumiy omillar, transport xarajatlari va olibsotarlarning ustamalari sabab bölayotganini ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga köra, 2026-yilda mamlakat böyiça 1,5 million tonna piyoz yetiştiriş rejalaştirilgan. Bu içki talabdan 400 ming tonnaga köp.

Biroq Surxondaryoda ertapişar piyoz zaxirasi tugagan. Keçki hosil esa yuqori harorat sabab katta maydonlarda yetiştirilmagan. Şu bois viloyat bozorlariga piyoz Jizzax va Samarqanddan olib kelinmoqda.

Mahsulotni uşbu hududlardan Surxondaryoga taşiş xarajati bir kilogramm uçun 350–370 sömni taşkil etadi. Hozirda viloyat bozorlarida piyozning çakana narxi 4 000–4 500 söm atrofida şakllangan.

Vazirlik ayrim holatlarda dehqondan xarid qiliş va yetkazib beriş tannarxi bilan sotuv narxi örtasidagi farq 1 550 sömgaça yetayotganini qayd etdi. Bunga olibsotarlarning 25–50 foizgaça bölgan savdo ustamalari ham ta’sir qilmoqda.

Şuningdek, qiş-bahor mavsumi uçun respublika böyiça 102,8 ming tonna piyoz zaxiraga jamğarilmoqda. Vazirlik zaxiradagi mahsulotlarni bozorga çiqariş va maxsus rastalarda arzon narxlarda sotiş orqali narxlarni barqarorlaştiriş mumkinligini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News