Britaniyalik sayyoh 28 yillik piyoda sayohatini yakunlab, uyiga qaytdi

Britaniyalik sayyoh 28 yillik piyoda sayohatini yakunlab, uyiga qaytdi
  • 0
  • 06.11.2026 16:09:00
  • 1 min read

Britaniyalik 57 yoşli Karl Buşbi 28 yil davom etgan dunyo böylab piyoda sayohatini yakunlab, Angliyaning Xall şahridagi uyiga qaytdi. U safar davomida qariyb 50 ming kilometr yöl bosib, törtta qit’adagi 30 ta davlatda böldi.

Buşbi sayohatini 1998-yil 1-noyabrda Çilidan boşlagan. Uning asosiy şarti — heç qanday transport vositasidan foydalanmasdan, faqat piyoda yurib uyiga yetib boriş edi. Suv tösiqlarini esa suzib kesib ötgan. Jumladan, Kaspiy dengizi va Lamanş böğozini.

Sayohat davomida u çangalzorlar, çöllar va muzliklardan ötgan, oq ayiqqa duç kelgan, qurolli tahdidlarga uçragan va Panamada 18 kun qamoqda saqlangan. Viza va çegara bilan boğliq muammolar, 2008-yilgi moliyaviy inqiroz hamda COVID-19 pandemiyasi ham safarning çözilişiga sabab bölgan.

Sayyohning aytişiça, 28 yilning qariyb 15 yilini bevosita yölda ötkazgan, qolgan vaqt esa hujjatlar va taşkiliy masalalarga ketgan.

2-noyabr kuni Xall şahriga yetib kelgan Buşbini yuzlab odamlar kutib oldi. U onasi bilan qariyb 10 yildan söng körişdi, 12 yoşli nabirasi bilan esa ilk bor tanişdi.

Endi sayyoh oddiy hayotga qaytişga harakat qilmoqda. Uning sayohati haqida hujjatli film suratga olinmoqda, şuningdek, u xotira kitobining davomini tayyorlamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News