Qozog‘iston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

Qozog‘iston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
  • 2
  • 15.11.2025 10:06:00
  • 1 min read

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev 14-noyabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelib, yangi qurilgan “Toshkent Humo” aeroportiga qo‘ngan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi. Uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Prezidentlar yangi aeroport binosida O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif dasturiga ko‘ra, 15-noyabr kuni oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Sammit davomida yirik qo‘shma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 15–16 noyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News