Rim papasi Falastin davlatini tan olishga chaqirdi

Rim papasi Falastin davlatini tan olishga chaqirdi
  • 0
  • 02.12.2025 13:48:00
  • 1 min read

Rim papasi Lev XIV Falastin–Isroil mojarosining yagona adolatli yechimi sifatida Falastin davlatini tuzish va uni tan olish zarurligini ta’kidladi. U bu fikrni Turkiyadan Livanga parvoz vaqtida jurnalistlarga bildirdi.
Papaga ko‘ra, hozir Isroil bu qarorni qabul qilmayotgan bo‘lsa-da, Vatikan ikkala tomon bilan do‘stlik munosabatini saqlagan holda adolatli yechimga vositachilik qilishga tayyor.
Vatikan Falastinni 2015-yilda davlat sifatida rasman tan olgan. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News