Juma kuni barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab namoz o‘qiladi

Juma kuni barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab namoz o‘qiladi
  • 3
  • 25.11.2025 14:25:00
  • 1 min read

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbusi bilan 28-noyabr juma namozidan keyin barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab ikki rakat istisqo namozi o‘qiladi. Umra ziyoratidagi imomlarga ham Ikki Haramda istisqo namozi o‘qish tavsiya etildi. Viloyat va shahar markaziy masjidlari hamda ziyoratgohlarda jonliqlar so‘yilib, yordamga muhtoj oilalar va yetim-yesirlar, keksalar va miskinlarga tarqatiladi. So‘nggi 6 oyda Toshkentda atigi uch marta yomg‘ir yog‘di; 2025-yil kuzatilgan 170 mm yomg‘ir 1917-yildan beri eng kam yomg‘ir yog‘gan ikkinchi davr bo‘ldi. “O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, dekabr oyida ob-havo normadan biroz issiq va yomg‘ir miqdori kam bo‘lishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News