
- 3
- 22.11.2025 12:43:00
- 1 min read
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi havo sifatining yomonlashuvi hukumat harakatlari bilan bog‘liq ekani haqidagi gap-so‘zlarga nisbatan munosabat bildirdi.
U hech bir hukumat tabiatga buyruq bera olmasligini ta’kidlab, o‘zbek xalqi azaldan tartib, birdamlik va qonunlarga hurmat bilan yashab kelganini eslatdi.
Shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olishda rasmiy mas’uliyat muhimligini ta’kidladi.
“Kuch bizning fikrlashimiz, tartibimiz va uyg‘unligimizda. Ba’zi odamlar o‘zlarini xotirjam his qilishlari uchun bizning tashvishimizga muhtoj”, – deya xulosa qildi siyosatchi.