Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Oq uyda Tramp bilan uchrashdi

Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
  • 34
  • 22.11.2025 09:52:00
  • 1 min read

AQSH prezidenti Donald Tramp va Nyu-York meri etib saylangan Zohran Mamdani Oq uyda ilk marta uchrashdi. Tramp uchrashuvni ijobiy baholab: “Kutilganidan ko‘ra ko‘proq masalada kelishdik,” dedi va uchrashuv davomida Mamdanini jurnalistlarning keskin savollaridan himoya qildi.
Oldin Tramp Mamdanini fashist deb atab kelgani bois uchrashuvda jurnalistlar aynan shu savol bilan Mamdanidan “Siz Prezident Trampni fashist deb o‘ylaganingizni tasdiqlaysizmi? “ deb so‘ragan. Mamdani javob berishga ulgurmay, Tramp “Mayli, hechqisi yo‘q. Shunchaki “ha” deb qo‘yaver. Men qarshi emasman.” dedi. Uchrashuv iliq ruhda o‘tdi va ikki tomon hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Tramp: “U juda yaxshi mer bo‘lishiga ishonaman. Nyu-York kuchli va xavfsiz bo‘lishi uchun birga ishlaymiz,” dedi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News