
- 7
- 19.11.2025 16:08:00
- 1 min read
Oxirgi yillarda Xitoy sayyohlarini e’tiborini davlatimizga qaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar qo‘llanmoqda. Islohotlar natijasida 2025-yil “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili” deb e’lon qilinib Xitoyning yirik shaharlari va chekka hududlarida turizm roudshoulari o‘tkazildi. Mamlakatimiz o‘z milliy stendlari bilan Xitoyning Sian, Guanchjou, Gonkong shaharlarida bo‘lib o‘tgan turizm ko‘rgazmalarida ishtirok etdi. Ikki mamlakat tadbirkorlar o‘rtasida aloqalarni davomiyligini ta’minlash maqsadida 500dan ortiq turkompaniyalar o‘rtasida B2B-muzokaralar tashkil etildi, hamda 40 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolandi. Bundan tashqari 2025-yil 1-iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilganligi natijasida soha vakillari uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Shu sababli 2025-yil yanvar-oktabr oylarida Xitoydan yurtimizga 217 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi