Mamdani: Men Trampni hali ham fashist deb bilaman

Mamdani: Men Trampni hali ham fashist deb bilaman
  • 3
  • 24.11.2025 14:52:00
  • 1 min read

Nyu-York shahrining yangi saylangan meri Zohran Mamdani NBC News intervyusida Donald Trampni hali ham fashist deb hisoblayotganini aytdi. Bu Tramp bilan Oq uyda iliq uchrashuvdan ikki kun o‘tib bo‘ldi. Mamdani: “Bu men ilgari ham aytgan gapim; bugun ham shunday deb aytaman.” dedi.
Avvalroq Mamdani Oq uyda Tramp bilan uchrashgandi. Uchrashuv iliq ruhda o‘tib, ikki tomon hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan. Tramp hatto Mamdanini jurnalistlarni noqulay savollaridan ham himoya qilib, jurnalistning Mamdanidan “Siz Prezident Trampni fashist deb o‘ylaganingizni tasdiqlaysizmi? “ degan savoliga Tramp “Mayli, hechqisi yo‘q. Shunchaki “ha” deb qo‘yaver. Men qarshi emasman.” degan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News