Kompaniyalar sunʼiy intellekt sabab böşatilgan xodimlarni qayta işga olmoqda

Kompaniyalar sunʼiy intellekt sabab böşatilgan xodimlarni qayta işga olmoqda
  • 3
  • 03.11.2026 11:39:00
  • 1 min read

Ayrim kompaniyalar sunʼiy intellekt sababli işdan böşatilgan xodimlarini qayta işga taklif qilmoqda. Bunga SI texnologiyalari kutilgan natijani bermayotgani va inson nazoratiga ehtiyoj saqlanib qolayotgani sabab bölgan. Mazkur holat “SI bumerang” deb atalmoqda.

Masalan, Şvetsiyaning Klarna tölov xizmati mijozlarga xizmat körsatiş bölimiga xodimlarni qayta işga ola boşladi. Kompaniya rahbari Sebastian Siemiatkovski xarajatlarni kamaytiriş uçun çatbotlarga haddan taşqari köp tayanilganini tan olgan. Ford kompaniyasi ham sunʼiy intellekt vositalari sifat nazoratida kutilgan natijani bermagaç, 350 nafar tajribali muhandisni işga olgani yoki yuqori lavozimga kötarganini maʼlum qilgan.

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, sunʼiy intellekt xodimlarning tajribasi, taşkilot haqidagi bilimi va insonlar bilan muloqot qiliş qobiliyatini töliq almaştira olmaydi. Şuningdek, tanqidiy fikrlaş, ijodkorlik va jamoada işlaş kabi könikmalar ham xodimlarning muhim ustunligi bölib qolmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News