
- 3
- 03.11.2026 09:32:00
- 1 min read
Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi Atirau şahrida davlat töntarişini rejalaştirişda gumon qilingan 10 kişini qölga oldi. Bu haqda idora matbuot xizmati ma’lum qildi.
MXQ ma’lumotiga köra, gumonlanuvçilar mamlakatning ğarbiy hududida konstitutsiyaviy tuzumni kuç bilan özgartirişni rejalaştirgan. Ular ekstremistik guruh tuziş va unga rahbarlik qiliş, terrorizmni tarğib etiş hamda diniy adovat qözğatişda gumonlanmoqda.
Qölga oliş amaliyoti 30-oktabr kuni ötkazilgan. Tintuvlar davomida öqotar qurollar, giyohvand moddalar, diniy buyumlar va adabiyotlar olib qöyilgan. Şuningdek, bolalar va ösmirlar uçun taşkil etilgan uçta yaşirin ta’lim markazi faoliyati töxtatilgan.
Idora ma’lumotiga köra, qölga olinganlarning ayrimlari avval ham terrorizm va boşqa jinoyatlar uçun sudlangan. Tergov davom etmoqda, boşqa tafsilotlar hozirça oşkor etilmagan.