Angrenda 79,8 mln sömlik qalbaki pul tayyorlaganlar qölga olindi

Angrenda 79,8 mln sömlik qalbaki pul tayyorlaganlar qölga olindi
  • 0
  • 03.11.2026 12:15:00
  • 1 min read

Angren şahrida qalbaki pul tayyorlaş va uni muomalaga kiritiş bilan şuğullangan ikki nafar şaxs qölga olindi. Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda ularning 100 va 200 ming sömlik soxta kupyuralar işlab çiqargani aniqlangan.

Maʼlum bölişiça, 1993-yilda tuğilgan angrenlik fuqaro 1997-yilda tuğilgan tanişi bilan til biriktirib, köp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olgan va u yerda qalbaki pul tayyorlaşni yölga qöygan.

Tadbir davomida xonadondan jami 79,8 million sömlik yarim tayyor qalbaki kupyuralar, rangli printer, uning böyoqlari va boşqa kanselyariya buyumlari aşyoviy dalil sifatida olingan. Şuningdek, har ikki şaxsning ham muqaddam sudlangani qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqdda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News