Rossiyada kuryer keksa ayolning yuziga tepib yiqitdi

Rossiyada kuryer keksa ayolning yuziga tepib yiqitdi
  • 4
  • 03.12.2025 16:25:00
  • 1 min read

Novosibirskda kuryer yonida ketayotgan keksa ayolni tepib yiqitdi va yo‘lida davom etdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Yigit bundan avval, 23-oktabrda ko‘chada odamlarga tupurgan, 12-oktabrda esa 20 ga yaqin avtomobilga zarar yetkazgan. Shunga qaramay, ishlashda davom etgan va unga jiddiy chora ko‘rilmagan. Yigit ishlaydigan kompaniya uni keksa ayolga hujumidan keyin ishdan bo‘shatib, barcha ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News