Meksikada “Z avlod” prezident siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Meksikada “Z avlod” prezident siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi
  • 11
  • 16.11.2025 15:22:00
  • 1 min read

Meksikada prezident Klaudiya Sheynbaumning xavfsizlik siyosatiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar keskinlashdi. Kamida 120 kishi, jumladan 100 dan ortiq politsiya xodimi jarohat oldi. 
15-noyabr kuni uyushtirilgan namoyishni asosan “Z avlod” vakillari boshlab bergan. Zumerlar hukumatdan korrupsiyaga qarshi kurashishni va xavfsizlik muammolarini hal etishni soʻramoqda. So‘nggi haftalarda sodir bo‘lgan bir nechta yuqori darajadagi qotilliklar jamoatchilik xavotirini kuchaytirdi.  Namoyishlar shahar meri otib oʻldirilgani ortidan boshlandi. Namoyishchilar Milliy saroy yaqinida to‘planib, to‘siqlarning bir qismini ag‘darib yuborgan. Politsiya esa tartibni saqlash uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan. Namoyishchilar prezidentdan mer Mansoning o‘limi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Sheynbaum namoyishlar boshqa shaharlarda ham o‘tgani, ularni esa hukumatga muxolif o‘ng siyosatchilar moliyalashtirganini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News