Sirdaryodagi bozorda gaz balloni portlab ketdi

Sirdaryodagi bozorda gaz balloni portlab ketdi
  • 1
  • 02.12.2025 16:28:00
  • 1 min read

Bugun, 2-dekabr kuni Guliston shahridagi bozor ichida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida gaz balloni portlab, yong‘in sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan videolar paydo bo‘lib, ularda jarohatlangan odamlar va yordam so‘rab baqirayotgan ovozlar eshitiladi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, yong‘in tezda nazoratga olingan va to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa joyiga tez yordam va qutqaruvchilar yetib kelib, jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News