
- 3
- 24.11.2025 15:48:00
- 1 min read
Buxoro shahrida is gazidan zaharlanish oqibatida er-xotin va ularning ikki farzandi vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘limiga noma’lum etiologik zaharlanish sabab bo‘lgan. Oila boshlig‘i IIB xodimi, ayoli esa mahalla raisi bo‘lgan.
Tibbiy ekspert mutaxassislarining aytishicha, noma’lum etiologik zaharlanish oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyati yetishmovchiligi o‘lim holatiga sabab bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvi olib borilmoqda.