
- 0
- 21.11.2025 09:41:00
- 1 min read
Braziliyaning Belen shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning COP30 iqlim konferensiyasidagi pavilyonda yong‘in chiqdi. Yong‘in xizmati olti daqiqada alangani o‘chirgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi tutundan zaharlangani sababli tibbiy yordamga murojaat qilgan. Braziliya rasmiylari yong‘in elektr uskunasidagi nosozlik — generator yoki qisqa tutashuv sabab kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Voqea sababli konferensiya maydoni vaqtincha evakuatsiya qilindi. Tekshiruvlardan so‘ng hudud qayta ochildi, muzokaralar davom etmoqda, biroq ba’zi pavilyonlarga kirish cheklangan.