
- 2
- 04.12.2025 14:36:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida 2-dekabr kuni yuz bergan gaz balloni portlashi oqibatida vafot etganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga moddiy yordam ajratilishini ma’lum qildi. Hodisa natijasida 29 kishi jarohat olgan, 3 kishi halok bo‘lgan. Davlat rahbari 4-dekabr kuni shifoxonaga borib, jarohatlangan fuqarolar ahvoli bilan tanishdi, ularning oila vakillari bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga barcha tibbiy yordam to‘liq ko‘rsatilishi qat’iy nazoratga olinishi topshirildi.
Shu bilan birga, voqeaning sabablari chuqur o‘rganilishi, yong‘in xavfsizligi nazorati kuchaytirilishi va bunday holatlarning oldi olinishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bir kishi qamoqqa olingan. Hukumat komissiyasi esa sabablarni aniqlash va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda.