
- 0
- 04.12.2025 13:25:00
- 1 min read
Art Basel Miami Beach xalqaro san’at yarmarkasida amerikalik raqamli rassom, grafik dizayner va animator “Beeple” nomi bilan mashhur bo‘lgan Mayk Vinkelman “Oddiy hayvonlar” asarini taqdim etdi. Unda robot itlarning yuzlari mashhur shaxslarga o‘xshatilgan: Ilon Mask, Jeff Bezos, Mark Sukerberg va mashhur rassomlar.
“Beeple” ko‘rgazma milliarderlar jamoatchilik fikrini oshqarayotgani va shakllantirayotgani sababli odamlar dunyoni qanday ko‘rishlarini ko‘rsatib berishini tushuntirdi. “Ilgari rassomlar bizning dunyoni qanday ko‘rishimizni shakllantirar edilar, ammo endi Ilon Mask va Mark Sukerberg biz ko‘rgan va ko‘rmoqchi bo‘lgan narsalarimizning ko‘p qismini boshqaradilar”.- deydi rassom.
Ushbu g‘oya asosida “Beeple” algoritmlar orqali boshqariladigan dunyo bilan o‘yin qilishni xohladi. Ko‘rgazma tomoshabinlar orasida turlicha baholandi: kimdir uni yoqimli deb topdi, boshqalar esa “qo‘rqinchli” va “aqldan ozgan” deb atadi.