
- 1
- 11.08.2023 10:34:00
- 1 min read
2030-yilgacha Toshkent shahri hududidagi yashil maydonlar 5000 ga yetkazilishi maqsad qilingan. Bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2024-yilda hozirda mavjud 900 ga qo‘shimcha 300 ga ko‘kalamzor hudud tashkil etilib, yashil maydonlar 1100 gektarga, 2025-yilga 1400, 2026-yilda 1900, 2027-yilga 2500, 2028-yilda 3200, 2029-yilda 4000 gektarga yetkaziladi.
Shunga parellel ravishda bugungacha ekilgan va ekilayotgan har bir daraxtga pasport berish va ularning parvarishi uchun mas’ullarni biriktirish hamda o‘sish jarayonini nazorat qilish ishlari ham olib boriladi.
Manba: xabardor.uz