
- 7
- 22.11.2025 10:34:00
- 1 min read
Hukumat dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish to’grisidagi hukumat qarorini qabul qildi.
Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyunga qadar “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” moduli va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
2026-yil 1-martdan vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YaIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.
QR-kod tushirilgan ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
* qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
* qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.