Xitoyda ko‘prik quladi

Xitoyda ko‘prik quladi
  • 0
  • 12.11.2025 09:40:00
  • 1 min read

Xitoyning Sichuan provinsiyasida joylashgan 758 metr uzunlikdagi Xongqi ko‘prigining yangi qurilgan qismi ko‘chkilar sabab qisman qulab tushdi. Hodisada qurbonlar haqida hozircha xabar berilmagan. Qulashdan avval hududda yoriqlar va relyefdagi siljishlar kuzatilgani sababli ko‘prik transport harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Xongqi ko‘prigi bu yil foydalanishga topshirilgan bo‘lib, u Sichuan–Tibet avtomagistralining muhim qismi hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News