Hind kinosining afsonasi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi

Hind kinosining afsonasi Dharmendra 89 yoshida vafot etdi
  • 3
  • 24.11.2025 14:47:00
  • 1 min read

Bollivudning eng mashhur yulduzlaridan biri — aktyor, prodyusser, rejissyor va siyosatchi Dharmendra 89 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. Afsonaviy aktyor Bollivud yulduzi Hema Malinining turmush o‘rtog‘i edi. U ko‘p yillardan beri surunkali yurak xastaligi bilan kurashib kelayotgandi. So‘nggi kunlarda ahvoli og‘irlashgani bois u sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan edi.
Dharmendra o‘z faoliyati davomida yuzlab filmlarda rol ijro etib, hind kinosining tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U o‘zbek tomoshabinlariga ayniqsa “Zita va Gita” hamda “Alibobo va qirq qaroqchi” filmlaridagi obrazlari bilan yaxshi tanish. Ushbu rollar uni Osiyo bo‘ylab yanada mashhur qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News