Biolog 13 yillik izlanishdan so‘ng eng noyob “o‘lik gulini” topdi

Biolog 13 yillik izlanishdan so‘ng eng noyob “o‘lik gulini” topdi
  • 1
  • 26.11.2025 08:45:00
  • 1 min read

Britaniyalik biolog Kris Torogud 13 yil davomida Sumatra tropik o‘rmonlarida dunyodagi eng noyob o‘simliklardan biri — Raffleziya nomli “o‘lik guli”ni qidirayotgan edi. Bu gul to‘qqiz oy davomida o‘sadi, ammo atigi bir necha kun ochiq holda turadi. Shuning uchun uni ochilgan paytida ko‘rish juda kam odamlarga nasib etadi. Gulning o‘tkir, o‘lik hidi sabab uni “o‘lik guli” deb atashadi. Bu dunyodagi eng katta gul bo‘lib, diometri deyarli 1 metrga yetadi. Afsuski, ko‘pgina turlar tabiiy yashash joylarining buzilishi sabab yo‘qolish xavfi ostida. 
Uzoq yillik izlanishlardan so‘ng Torogud nihoyat gullagan Raffleziyani topishga muvaffaq bo‘ldi va hayajondan ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu — butun hayoti davomida ko‘rishni orzu qilgan tabiat mo‘jizasi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News