
- 0
- 21.11.2025 09:33:00
- 1 min read
Rossiyaning Balakovo shahrida 65 yoshli erkakning siydik pufagidan og‘irligi taxminan 1 kilogramm bo‘lgan yirik tosh jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi. Bemor og‘ir ahvolda, buyrak yetishmovchiligi va ichki qon ketishi belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tosh pufak bo‘shlig‘ining deyarli hammasini egallab qolgan. Shifokor Oleg Yakimovning aytishicha, bunday holatlar kam uchraydi: 30 yillik amaliyotida bu uning uchinchi shunaqa katta tosh chiqarishi. Hozirda bemor reanimatsiyada. Uni qo‘shimcha tekshiruvlar kutmoqda va siydik yo‘llari faoliyatini tiklash uchun yana bitta operatsiya talab qilinishi mumkin.
Shifokorlar tosh hosil bo‘lishiga prostata bezidagi yoshga doir o‘zgarishlar va siyish jarayonining buzilishi sabab bo‘lgani ehtimolini bildirmoqda.