
- 2
- 01.12.2025 14:58:00
- 1 min read
Braziliyadagi hayvonot bog‘ida 19 yoshli yigit sherlar joylashgan hududga noqonuniy kirib, halok bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, u 6 metr balandlikdagi devordan oshib, xavfsizlik to‘siqlarini buzib o‘tganidan so‘ng sher qafasiga tushgan. Qafas ichiga kirgan paytida sher unga darhol hujum qilgan. Qutqaruv xizmati voqea joyiga yetib kelgan bo‘lsa-da, yigit olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Hodisa guvohlari bog‘da katta vahima kelib chiqqanini bildirgan. Voqeadan so‘ng hayvonot bog‘i vaqtincha yopildi va tergov boshlangani ma’lum qilindi.