Rossiyada 15 yoshli o‘quvchi pichoq bilan maktabga hujum qildi

Rossiyada 15 yoshli o‘quvchi pichoq bilan maktabga hujum qildi
  • 0
  • 16.12.2025 16:36:00
  • 1 min read

Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan maktablardan birida pichoqli hujum sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir o‘quvchi maktab hududida pichoq bilan hujum qilgan. Hujum natijasida bir nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, yana bir o‘quvchi va maktab qo‘riqchisi jarohatlangan. Barcha o‘quvchilar maktabdan evakuatsiya qilingan. Xabarlarga ko‘ra, hujumchi qisqa vaqtga sinfxonada bir o‘quvchi bilan berkinib olgan, biroq garovga olingan bola zarar ko‘rmagan. Keyinchalik maxsus bo‘linmalar tomonidan o‘smir qo‘lga olingan. U shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi ekani aytilmoqda. Videoda oʻsmir oʻquvchilardan ularning millatini soʻragani ko‘rinadi. Shundan soʻng u hujumdan qochishga ulgurmagan bolani pichoqlab oʻldirgan. Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News