
- 6
- 28.11.2025 09:40:00
- 1 min read
Qozog‘istonda uch yoshli qizcha bir vaqtning o‘zida 18 ta tishi narkoz ostida davolangandan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi. Hodisa 2024-yil 30-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. 3,5 soat davom etgan narkozdan keyin bola hushiga kelmagan.
Jinoyat ishi bo‘yicha anesteziolog sudlanmoqda, stomatolog esa sudga kelmagan. Tergovda tibbiy hujjatlar noto‘g‘ri yuritilgani, muhim tekshiruvlar o‘tkazilmagani va dori vositalari hujjatlarda qayd etilmagani aniqlangan.
25-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokuror ekspertiza xulosalarini o‘qib eshittirdi. Unga koʻra, qizchaning o‘limiga kislorod yetishmasligi — gipoksiya sabab bo‘lgan, bu miya shishiga olib kelgan. Anesteziolog qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa ham narkozni davom ettirgani, ahvol yomonlashganda esa uni yanada kuchaytirgani aytilmoqda.