Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 5 kunga qisman yopiladi

Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 5 kunga qisman yopiladi
  • 8
  • 20.10.2023 08:26:00
  • 1 daq o'qish

Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasining Toshkent Xalqaro aeroportidan Muqimiy va Nukus ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, yo‘lning bir tomoni joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 10:00 dan 25-oktyabr kunigacha transport harakati uchun yopiladi, har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz” – deyiladi xabarda.

Manba: xabardor.uz

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News