Armaniston bosh vaziri Qirg‘iziston prezidentini Qozog‘iston rahbari deb atadi

Armaniston bosh vaziri Qirg‘iziston prezidentini Qozog‘iston rahbari deb atadi
  • 0
  • 20.10.2026 18:35:00
  • 1 daq o'qish

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan rasmiy tadbir davomida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni bir necha bor Qozog‘iston rahbari deb tanishtirdi. Voqea 17-oktabr kuni Yerevanda, COP17 konferensiyasi doirasida yuz berdi.
Pashinyan tayyorlangan nutqini o‘qiyotib, Sadir Japarovni Qozog‘iston prezidenti deb atadi. 24.kg nashrining yozishicha, bosh vazir jurnalistlar bilan muloqotda ham shu xatoni takrorlagan.
Voqeadan so‘ng Pashinyan 2022-yildan beri ishlab kelayotgan protokol xizmati rahbarini ishdan bo‘shatgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News