
- 18
- 20.10.2026 15:38:00
- 1 daq o'qish
Saudiya Arabistoni Makkadagi masjidda “nojo‘ya xatti-harakatlar” sodir etganlikda ayblangan bangladeshning erkak va ayolni qatl etdi.
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, sud ularni o‘lim jazosiga hukm qilgan. Biroq ular aynan qanday harakatlarni sodir etgani ochiqlanmagan.
Bangladesh hukumati fuqarolarining qatl etilishi haqida oldindan ogohlantirilmaganini bildirdi va Saudiya Arabistoni hukumatiga nota yubordi. Hozircha voqea aynan qaysi masjidda sodir bo‘lgani, ikki fuqaro qachon qo‘lga olingani va sud jarayonining tafsilotlari ochiqlanmagan.