
- 6
- 13.09.2024 16:33:00
- 1 daq o'qish
“Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi ayollarga nisbatan cheklovlarni yanada kuchaytirdi. Afg‘onistonda endi ayollarga sotuvchilar bilan savdolashish taqiqlandi. Ayrim viloyatlardagi axloq politsiyasi erkaklarga xotinlari borasida tegishli buyruq chiqargan. Ular ayollar sotuvchilar bilan savdolashganida, ularning ovozi begona erkaklar tomonidan eshitilishi va bu “erkaklarni yo‘ldan ozdirishi”ni da’vo qilgan.
“Tolibon”ga ko‘ra, ayollar gapirmasdan va savdolashmasdan xaridni amalga oshirishi lozim.