- 0
- 06.05.2025 16:12:00
- 1 daq o'qish
1-may kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi bozorda ayol 3 yoshli qizchaga hech qanday sababsiz oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar qildi.
Qizaloq olgan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi ayol ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.