JSST maymun chechagi sabab favqulodda holat e'lon qildi

JSST maymun chechagi sabab favqulodda holat e'lon qildi
  • 5
  • 15.08.2024 15:27:00
  • 1 daq o'qish

 Afrikaning ayrim hududlarida maymun chechagi bilan bog‘liq vaziyat nazoratdan chiqib ketgani sabab Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro favqulodda holat eʼlon qildi. 

Kongo Demokratik Respublikasi hududida hozirga qadar kamida 450 kishi maymun chechagidan halok bo‘lgan. Hozirda epidemiya markaziy va sharqiy Afrikaning ayrim qismlariga tarqalgan va olimlar kasallikning yangi varianti tez tarqalayotgani va uning o‘lim darajasi yuqoriligidan xavotir bildirgan.

Maymun chechagi virusi yaqin aloqa, masalan, jinsiy yaqinlik, teriga teginish va havo-tomchi usulida yuqishi mumkin. Har 100 nafar bemordan bittasida o‘lim holati kuzatilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News